» » Ozmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga qora shokoladni kiritishning 3 sababi

Ozmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga qora shokoladni kiritishning 3 sababi


Dietologlar bir ovozdan qora shokoladni superfud deb e’lon qildi. Bu ko‘pchilikda savol uyg‘otdi. Qora shokolad vazn yo‘qotishda yordam beradimi? Harper’s Bazaar jurnali qora shokoladning bunday afzalliklarga ega ekanligi haqida bir necha sabablar keltirdi.

Qora shokoladning sog‘lik uchun foydali jihatlaridan biri shundaki, u insulin sezgirligini yaxshilaydi. Insulin – bu gormon bo‘lib, shakarni qon oqimidan hujayralarga o‘tkazadi va u energiya uchun ishlatiladi. Qora shokoladni iste’mol qilish qonda insulin miqdorini pasaytirib, shakar darajasini nazorat qilishda yordam beradi.

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qora shokolad ochlik bilan kurashishda juda foydali. Olimlarning ta’kidlashicha, qora shokolad ta’mi va hidi ochlik gormoni bo‘lgan grelin miqdorini kamaytiradi.

Shokolad kayfiyatimizga qanday ta’sir qilishini hamma biladi. Uni iste’mol qilish depressiv alomatlar ehtimolini 57 foizga kamaytiradi. Kuniga atigi 40 gramm qora shokolad kifoya qiladi va ikki hafta ichida stress darajasi sezilarli darajada pasayadi.

Shu bilan birga vazn yo‘qotish uchun qora shokoladning barcha afzalliklarini bilgan holda uni iste’mol qilmaslik kerak, chunki u juda ko‘p yog‘ni o‘z ichiga olgan yuqori kaloriya mahsulotidir. Minimal qo‘shilgan shakar va tarkibida 70 foiz kakao bo‘lgan variantlarini tanlash mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 22) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют