» » Ozbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimi Zokirjon Kanokov vafot etdi

Ozbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimi Zokirjon Kanokov vafot etdi


Fizika-matematika fanlari doktori, yadro fizikasi sohasida mutaxassis olim, Ozbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi mudiri Zokirjon Kanokov 2020-yil 7-avgust kuni 64 yoshida hayotdan koz yumdi. Bu haqda Yadro fizikasi instituti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zokirjon Kanokov 1956-yil 25-yanvarida Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida tavallud topgan. 1973-yil Toshkent davlat universitetining Fizika fakultetiga oqishga kirgan.

Ilmiy faoliyatini 1978-yildan Ozbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida boshlagan. 19832012-yillar davomida Ozbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida ilmiy xodim va pedagog, 19861987-yillarda Moskva davlat universitetida stajor oqituvchi, 20122017-yillarda Milliy universiteti Fizika fakulteti Nazariy va yadro fizikasi kafedrasi mudiri, 2018-yildan hozirgacha OzFA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasining mudiri lavozimida samarali faoliyat korsatib kelayotgan edi.

ZokirjonKanokov ilmiy faoliyati davomida Ochiq kvant sistemalar va nanosistemalarining harakat dinamikasini, ogir ionlar toqnashuvida vazmin yadrolarning qoshilishi va bolinishi jarayonlarini organishga katta etibor bergan. Bu tadqiqotlar Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti olimlari etiborini tortdi va uzoq yillar davomida hamkorlikda qilingan izlanishlarning asosi bolgan.

Takidlanishicha, hamkorlikda qurilgan yangi nazariy usullar dunyo miqyosida tan olingan.ZokirjonKanokov 80 dan ortiq ilmiy nashrlar, 60 dan ortiq maqolalar chop etgan. Ozining ilmiy-pedogogik faoliyati davomida koplab oquv qollanmalar muallifidir va Toshkent davlat universiteti Fizika fakultetida talabalarga yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi, yadro modellari fanlaridan chuqur saboq bergan.

Zokirjon Kanokov juda koplab yosh izlanuvchilarning katta ilmiy markazlarda faoliyat yuritishiga va mamlakat yoshlarining ilmiy salohiyatining oshishiga katta hissa qoshgani takidlangan.

Xabarda 64 yoshli Zokirjon Kanokovning olimi sababiga oydinlik kiritilmagan.

AvvalroqMonopoliyaga qarshi kurashish qomitasining 40 yoshliboshqarma boshligi,Madaniyat vazirligining32 yoshli xodimi,Muzrabot tumani hokimligining 35 yoshlibolim boshligiorinbosari vafot etgani haqida xabar berilgan edi.Shuningdek, Madaniyat vazirligining xodimi vaMuzrabot tumani hokimliginingbolim boshligiorinbosari koronavirusga chalingani tasdiqlangan.

Ozbekistonda 9-avgust soat 23:30 holatiga kora, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 nafarga yetgan. Ayni paytda Ozbekistonda 22 042 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (72 foiz) sogaygan. Sogliqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika boyicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 194 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 10:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 10) ( 0) ( 9) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -