» » Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi

Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi


Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Areg Totolyan kuzda koronavirusni davolash bahorga qaraganda qiyinroq kechishi ehtimoli mavjudligidan xavotirda.

“Bunga ruhan tayyor bo‘lishimiz lozim”, — degan u ”Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda keskin izolyatsiya rejimiga rioya qilganlarda infeksiya qanday o‘tishini taxmin qilish qiyin. Ehtimol, ular kasallik bilan avval og‘riganlarga qaraganda og‘irroq o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, kuzda SARS-CoV-2’ning gripp, paragripp va avval ma’lum bo‘lgan nisbatan zararsiz bo‘lgan koronaviruslar bilan uyg‘unligi qanday natija berishi noma’lum.

“Mavsumiy infeksiyalarni COVID-19 bilan qanday uyg‘unlashadi — og‘irlashadimi yoki aksincha, oddiy koronavirusga antitana qo’shimcha himoya beradimi, hozircha bunga ilmiy asoslangan javob berishga tayyor emasmiz”, — degan Totolyan.

Shu bilan birga, olim butun mamlakat bo‘ylab qattiq izolyatsiya rejimini joriy etish zarurligini istisno qiladi. Uning fikricha, kasallik muayyan aholi punktlarida tarqalganda, mahalliy cheklov choralari bilan cheklanish kifoya.

Avvalroq Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti prezidenti Silvio Bruzaferro kuz kelishi bilan nafas yo‘llari kasalliklarining tarqalishi koronavirusning ikkinchi to‘lqini ehtimolini oshirishini ma’lum qilgandi.  AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi ham kuzda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligini, biroq odamlar bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishini aytgandi. JSST vakili esa pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют