» » Belarus MSK: prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘pladi

Belarus MSK: prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘pladi


Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘pladi, deb xabar beradi “Tut.by”.

Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaka esa, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz to‘plagan.

Qolgan ishtirokchilarning natijalari: Anna Kanopatskaya — 1,68 foiz, Andrey Dmitriyev — 1,04 foiz; Sergey Cherechen — 1,13 foiz. Shuningdek, 6,02 foiz saylovchi barchaga qarshi ovoz bergan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina ovoz berish jarayonlarining dastlabki natijalari nima sababdan 10-avgust kuni ertalab e’lon qilinganiga izoh bergan: “Hukumat uyidan kechasi soat 01:00 da evakuatsiya qilindik. Shu sababli natijalarni faqat ertalab qabul qila oldik”.

Avvalroq Belarus prezidenti saylovi uchun mamlakatdan tashqarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya 79,69 foiz ovoz olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyingi norozilik namoyishi boshlangan. Ishtirokchilarini tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus bo‘linmasi rezina o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 49) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют