» » Gollivud yulduzlarining “nonini yarimta qilayotgan” 7 hind aktrisasi (foto)

Gollivud yulduzlarining “nonini yarimta qilayotgan” 7 hind aktrisasi (foto)


Bollivud aktrisalari allaqachon Gollivudni hayratga solishga ulgurgan. Marie Claire ayollar jurnali Gollivud yulduzlari bilan raqobatlasha oladigan 7 hind aktrisasi haqida ma’lumot berdi.

Priyanka Chopra

Priyanka Chopraning aksiyasi 2017-yilda Megan Marklning yaqin do‘sti ekanligi aniqlangandan keyin ko‘tarildi. Aktrisa ko‘plab intervyularida bu do‘stlikni pulga chaqishni xohlamaydi. Lekin rostini aytganda, Priyanka Chopraning o‘zi ham maqtanadigan narsasi bor.

Masalan, xuddi shu 2017-yilda Hindistonning eng go‘zal aktrisasi va “Dunyo go‘zali”, 2000-yilda taqdim etilgan “Malibu xaloskori” remeykidagi qizning aqchadon kartinasi bilan mashhur bo‘lgan. Mehnatsevarlik qobiliyati bilan birga klassik hind go‘zali deya nomlanadigan Priyanka Ayshvariya Ray bilan bitta o‘rinda turadi.

Bollivud aktrisalari imijini yaratish uchun nafaqat dizaynerlik kiyimlari, balki turli jamoat xizmatlari (asosan xayriya tashkilotlar) ham yordam beradi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: hind yulduzlarining aksariyat qismi kambag‘al oilalardan kelib chiqqan. Masalan, Priyanka CAF xayriya jamg‘armasi va Hindiston konfederatsiyasi sanoati elchisi (savodsizlikka qarshi kurash dasturlarini nazorat qiladi). Bundan tashqari, Priyanka aktrisa, model va qo‘shiqchi sifatida ham ishlaydi. Bunday xilma-xillik dunyoning ko‘plab mashhurlari uchun xos. Ammo Bollivud yulduzlari uchun majburiy.

Ayshvariya Ray

Ayshvariya Ray Hindistoning eng taniqli aktrisasi. Bir vaqtlar Priyanka Chopra singari “Dunyo go‘zali” mukofotini olgan. U asli arxitektura fakultetida o‘qigan. Yosh qiz ekanligidayoq Vogue jurnali va Pepsi bilan hamkorlik qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ayshvariya aktrisalikni Bollivudda emas, balki Kollivudda (Hindiston janubidagi yana bir mashhur kino tuman) boshlagan. Hozirda aktrisa 46 yoshda, kinografiyasida 45 dan ortiq filmi bor.

Ayshvariya, asosan, hind filmlarida o‘ynaydi, lekin biz uni “Mutaxassis malika” va “Pushti panter-2” kabi filmlar orqali yaxshi bilamiz. Bundan tashqari, aktrisa xayriya ishlarida faol qatnashadi. U PETA hayvonlarni himoya qilish tashkilotini qo‘llab-quvvatlaydi, Hindistonda ko‘zi ojizlarga yordam beradi va shuningdek, 2004-yilda u o‘zining kambag‘allarga yordam beradigan Aishwarya Rai Foundation jamg‘armasini tashkil qilgan.

Anushka Sharma

32 yoshli Anushka Sharma Hindistondagi eng taniqli va eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri. U hali dunyo sahnasida o‘zini ko‘rsata olmadi, lekin Filmfare Awards (Hindistonda Oskar bilan taqqoslanadigan film mukofoti) mukofotini olgan. Anushka harbiy oilada tug‘ilgan va ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, u model bo‘lib (hatto Amerika Maxim muqovasida paydo bo‘lgan) ishlagan.

Aktrisalik karyerasi atigi 10 yil davom etdi va shu vaqt ichida u o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rdi: romantik komediyalardan psixologik trillerlargacha. Ayshvariya Ray singari Anushka ham PETA tashabbuslarida faol ishtirok etadi. Buning uchun tashkilot unga 2017-yilda “Yil odami” unvonini tantanali ravishda topshirdi.

Dipika Padukone

Dipika Padukone 2008-yilda o‘zining birinchi Filmfare Awards (“Eng yaxshi debyut” nominatsiyasi) mukofotini olganidan so‘ng, uning javonlaridagi barcha turdagi haykalchalar eksponat ravishda o‘sishni boshladi.

Asli daniyalik bo‘lgan Dipika bolaligida Hindistonga ko‘chib kelgan va 20 yoshidan boshlab u model sifatida (Marie Claire, Vogue, Cosmopolitan, GQ va boshqa jurnallar) ishlay boshlagan. Uning hind tilidagi filmlar ro‘yxati juda katta. Ammo biz Dipikani “Uch X: Jahon hukmronligi” filmida Vin Dizel bilan birga o‘ynagan roli orqali bilamiz.

2017-yil oxirida aktrisa Dehli sultoni Alauddin Muhammad Shohga oshiq bo‘lgan King Ratna Sinxa va uning rafiqasi haqidagi afsonaga asoslangan “Padmavati” filmini taqdim etishi kerak edi, ammo film Hindistonda noaniq tarzda qabul qilindi. Hindistondagi film premyerasi keyinga qoldirildi, ammo Dipikaning o‘zi filmni imkon qadar tezroq chiqarilishini talab qilishda davom etdi.

Bu Bollivud yulduzi odamlarning ruhiy tushkunlik bilan kurashishida yordam beradigan “Live Love Laugh Foundation” xayriya jamg‘armasiga ega.

Frida Pinto

Bollivud aktrisalarining eng “gollivudligi” bo‘lgan Frida Pinto hamkasblari singari 50 ta film ro‘yxati bilan maqtana olmaydi. Ammo uning kichik ijodida dunyoga mashhur “Slumdog Millionaire” (aktrisaning ilk debyuti), “Maymunlar sayyorasining tiklanishi”, “Ilohlar urushi: boqiylik” kabi kartinalari mavjud. U 2018-yilda “Maugli” loyihasida qatnashgan. Frida ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz adabiyoti bo‘yicha san’at bakalavriga ega.

Kangana Ranaut

Kangana Ranaut Bollivuddagi karyerasini tom ma’noda “sindirdi”. Kambag‘al shaharlik qiz, u 16 yoshida Dehlini zabt etish uchun, ishni modellik karyerasidan boshlagan. Ammo Kangana model bo‘lib qolishni xohlamadi. Ijod uchun unga keng joy kerak edi. U aktrisa bo‘lishga qat’iy qaror qiladi, ammo diksiyaga bog‘liq muammolar tufayli u uzoq vaqt rejissorlarning e’tiborini jalb qila olmadi. Biroq tez orada Kangana kasallikni yengdi.

Hozirda Kangana Ranaut Hindistondagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa nutqida muammolar bo‘lgan odamlarga yordam berish xayriya jamg‘armasiga ega lekin faoliyati hali boshlanmagan.

Sonam Kapur

35 yoshli Sonam Hindistondagi taniqli aktyorlar Kapur sulolasining a’zosi. Aytish kerakki, uning oilasida barcha yulduzlar bor, lekin Sonam nafaqat o‘zining iste’dodi, balki yaxshi kiyinish qobiliyati bilan butun dunyoni o‘ziga jalb qiladi.

AQShda Sonamni shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, hatto xonanda Beyonse uni Hymn for the Weekend klipiga suratga tushishga taklif qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют