» » Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda

Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda


Germaniyada ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida yoki kelgusi yil boshida foydalanish uchun tasdiqlanishi mumkin. Redaktionsnetzwerk Deutschland’ning yozishicha, bu haqda Paul Erlix nomidagi Vaksinalar va biotibbiyot dori vosilarini ishlab chiqish instituti rahbari Klaus Sixutek ma’lum qildi. Ushbu institut Germaniyada tegishli tibbiy mahsulotlarni foydalanishga ruxsat berish va uni nazorat qilish uchun javobgardir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil oxiri va keyingi yil boshlarida vaksinadan foydalanishga ruxsat 3-bosqich sinov natijalari ijobiy bo‘lsagina beriladi. Sinovlarning uchinchi bosqichda vaksina infeksiyadan haqiqatan ham samarali himoya qilishi o‘rganiladi.

O‘z navbatida sog‘liqni saqlash bo‘yicha Yevropa komissiyasi a’zosi Stella Kriakidesning aytishicha, Yevrokomissiya ham birinchi koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida yoki kelgusi yilning boshida paydo bo‘lishini kutmoqda.

“Hozircha bu borada prognoz qilish qaltis bo‘lsa ham, koronavirusga qarshi birinchi vaksina 2020-yil oxirida – kelasi yil boshlarida paydo bo‘ladi deb hisoblash uchun yetarli ijobiy asoslar bor”, — deb ta’kidlagan u.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab bir necha vaksinalar hozirda yakuniy sinov jarayonida. Xususan, AQShda Moderna kompaniyasi ishlab chiqargan vaksina 30 ming kishida yakuniy sinovdan o‘tkazilmoqda. Qozog‘istonda esa 1-avgust kuni COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan. Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakunlangan, ommaviy emlash oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Mamlakatda 2021-yildan boshlab har oyda koronavirusga qarshi millionlab doza vaksina ishlab chiqarilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan tadqiqotchilar koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda salmoqli natijalarga erishgani, biroq ular 2021-yildan ertaroq qo‘llanilmasligini aytgandi, tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus esa koronavirusga qarshi yaratilayotgan amalda vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют