» » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi


Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 10-avgust holatiga ko‘ra, 20 milliondan oshdi. Bu haqda Worldometers saytida keltirilgan ma’lumot guvohlik bermoqda.

Unga ko‘ra, dunyoda ushbu virus bilan kasallanganlar soni 20 million 44 ming nafarni tashkil etmoqda. Shundan 12 million 914 kishi tuzalgan, 734 ming nafari vafot etgan.

So‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha qariyb 220 mingta yangi holat aniqlangan. Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Hindiston (62 ming kishi), AQSh (qariyb 48 ming kishi) va Braziliyada (22 ming kishi) qayd etilgan. Shu vaqt davomida 4798 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

Koronavirus tashxisi qo‘yilganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda bo‘lib, koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshgan. Keyingi o‘rinlarni 3 milliondan ortiq kishi bilan Braziliya, 2 milliondan ortiq kishi bilan Hindiston egallagan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga yetgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют