» » Caviar kompaniyasi iPhone 12 Pro Limited Edition — Musk be on Mars smartfonini taqdim etdi

Caviar kompaniyasi iPhone 12 Pro Limited Edition — Musk be on Mars smartfonini taqdim etdi


Caviar kompaniyasi Ilon Mask va uning SpaceX loyihasiga bag‘ishlangan noyob iPhone 12 Pro Limited Edition smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

iPhone 12 modellari sentabr oyida taqdim etilishi lozimligiga qaramay, uning tashqi ko‘rinishi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Caviar’ning Rossiya brendi eksklyuziv iPhone versiyalarini taqdim etish bilan tanilgan, shu sababli kompaniya tez-tez standart versiyalar e’lon qilinguniga qadar o‘z modellari bilan bo‘lishib keladi.

iPhone 12 Pro Limited Edition’ning maxsus versiyasining orqa qismiga Musk be on Mars yozuvi tushirilgan bo‘lib, uning sal pastrog‘idan Ilon Riv Mask ismi hamda biznesmenning imzosi o‘rin olgan. Qurilma orqa tarafiga SpaceX Dragon raketasining relyef tasviri tushirilgan.

iPhone 12 Pro’ning konseptual smartfonining o‘ziga xosligi mavjud: Caviar orqa panelga haqiqiy Dragon kosmik kemasining kichik bir parchasini qo‘shgan.

iPhone 12 Pro Limited Edition — Musk be on Mars smartfoni titandan ishlangan bo‘lib, tasvirlar metallga lazer texnikasi yordamida tushirilgan. Shuningdek, har bir qurilmaga unikal raqam berilgan. Caviar o‘zining ushbu modelini 19 nusxada yaratadi.

iPhone 12 Pro Limited Edition — Musk be on Mars narxi 4990 dollarni, iPhone 12 Pro Max esa 5450 dollarni tashkil etadi.

Mavzuga doir: Caviar kompaniyasi salkam 7 ming dollar turadigan iPad Pro’ni taqdim etdi

Caviar kompaniyasi bunga qadar smartfon-tank — iPhone T-34’ni, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan iPhone 6s’ni, AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga tilla iPhone 7 kabi noyob modellarni taqdim etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют