» » Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirildi. U yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagan

Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirildi. U yetarlicha sinovdan o‘tkazilmagan


Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirdi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda assotsiatsiyaning vazirlik rahbari Mixail Murashkoga yuborgan murojaatida qayd etilgan.

Murojaatda aytilishicha, vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagan. Bundan tashqari, uning asosida MERS’ga qarshi boshqa vaksina bo‘lib, uning sinovlari hali ham davom etmoqda. Shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q.

Murojaat mualliflari Sog‘liqni saqlash vazirligini “vaksina ishlab chiqishda hovliqmaslikka” chaqirdi, chunki dunyoda 26 ta nomzod vaksina mavjud va ularning oltitasi minglab, hatto o‘n minglab odamlar ishtirokida sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Ro‘yxatga olishni tezlashtirish endi Rossiyani ushbu poygada yetakchiga aylantirmaydi, u vaksinaning oxirgi foydalanuvchilarini keraksiz xavf-xatarga qo‘yadi xolos”, — deyiladi murojaatda.

Avvalroq Gamaley markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus vaksinasining klinik sinovlari yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 2021-yilning boshiga borib Rossiya farmatsevtika sanoati har oy koronavirusga qarshi vaksinalarni bir necha million dozada ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют