» » “Ukraina va men Belarus haqiqatda mustaqil davlatga aylanishidan manfaatdormiz”. Zelenskiy saylov natijalari haqida

“Ukraina va men Belarus haqiqatda mustaqil davlatga aylanishidan manfaatdormiz”. Zelenskiy saylov natijalari haqida


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarusda ommaviy norozilik namoyishlari bilan yakunlangan prezidentlik saylovlaridan so‘ng o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali chiqish qildi.

Zelenskiy Belarusning barcha aholisi ham amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko saylovlarda g‘olib chiqqani to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga qo‘shilmayapti. “Bu kabi ko‘lamdagi shubha — tobora kuchayib borayotgan zo‘ravonlik, mojaro, ommaviy tartibsizliklarga to‘g‘ri yo‘ldir”, — deydi Zelenskiy. U belaruslarni sabrli bo‘lishga, ko‘chalarda zo‘ravonliklarni amalga oshirmaslikka va murakkab bo‘lsa-da, maksimal darajada ochiq dialogga chaqirgan.

“Ukraina va shaxsan men Belarus rostan ham kuchli iqtisodiyot hamda barqaror ijtimoiy aloqalarga ega mustaqil va demokrat davlatga aylanishidan manfaatdormiz. Belarus — bizning yaqin qo‘shnimiz va shu sababli u yerda bo‘layotgan narsalar va do‘stlarimiz bilan kelajakda ro‘y beradigan hodisalarga befarq emasmiz”, — deydi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Belarusning yana bir yaqin qo‘shnisi hisoblanuvchi Polsha norozilik namoyishlarini qattiqqo‘llik bilan bostirilishi hamda o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishlarni qoralagan. Polsha TIV Belarus hukumatini vaziyatni chigallashtirishni to‘xtatishga va asosiy inson huquqlariga rioya qilishni boshlashga chaqirgan.

Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda so‘nggi 26 yildan beri mamlakatga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz bilan oldinda bormoqda. Ayni vaqtda, mustaqil ekzit-pol ma’lumotlari saylovda Lukashenkoning eng asosiy raqibi — Svetlana Tixanovskaya katta ustunlikka erishganini ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir: “Biz g‘olib chiqdik, deb hisoblayman. Chunki o‘zimizdagi qo‘rquvni yenga oldik”. Svetlana Tixanovskaya — Belarus prezidenti saylovidan so‘ng



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют