» » Video: Gugurtdan yasalgan “o‘lim halqasi”dan sakrab o‘tgan karton Tesla Cybertruck

Video: Gugurtdan yasalgan “o‘lim halqasi”dan sakrab o‘tgan karton Tesla Cybertruck


Karton konstruksiyalari yordamida turli tajribalarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi YouTube’dagi The S kanali mualliflari Tesla Cybertruck nusxasini yaratdi. Pikap nusxasi 20 ming gugurt donasidan yasalgan “o‘lim halqasi”ga yuborilgan.

Kanal tomonidan e’lon qilingan rolikda pikapni oldindan qirqib olingan karton qismlardan yig‘ish jarayoni tasvirlangan. Modelning g‘ildirak o‘qlari vazifasini yog‘och tayoqchalar bajargan. Cybertruck nusxasi birgina detalni hisobga olmaganda ancha aniq ishlangan: yuk platformasining o‘rnini egallagan ulkan raketaga o‘xshash “naycha”.

Tayyor modelning aynan o‘sha qismiga minglab sindirilgan gugurt donalari joylashtirilgan. Shundan so‘ng mualliflar “o‘lim halqasi”ning yig‘ilish jarayonini suratga olgan va pikapga “o‘t qo‘ygan”. Videoda karton mashina hech qanday muammosiz halqadan aylanib o‘tib, tramplindan sakraganini ko‘rish mumkin. Bu kabi murakkab tryukdan keyin ham model omon qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Tesla Cybertruck modelining ilk seriyalari 2021-yil oxiri borib ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Elektropikapning minimal narxi 39 990 dollar.

Mavzuga doir: Video: Vyetnamlik blogerlar karton qog‘ozdan Lamborghini Aventador yasadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют