» » Portugaliyada 50 ga yaqin klassik Mini modellari saqlangan ombor topildi (foto)

Portugaliyada 50 ga yaqin klassik Mini modellari saqlangan ombor topildi (foto)


Portugaliyada klassik Mini avtomobillarning ulkan kolleksiyasi joylashgan eski ombor topildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, u yerda mashinalarning kamida 50 nusxasi saqlanmoqda, deb xabar beradi CARakoom.

Bu kabi kolleksiya nima sababdan yig‘ilgani va nima uchun bu holda tashlab qo‘yilgani noma’lum. Biroq kolleksiyadan Austin va Morris brendlari ostida chiqarilgan Mini xetchbeklaridan tashqari, ancha yirik Austin 1100, Austin 1300 va Austin Metro modellari, shuningdek, bir nechta noyob nusxalar mavjud.

Shulardan biri Mini 1275 GT hisoblanadi. 1969-yilda dizayner Roy Xayns klassik Mini’ning tashqi ko‘rinishini modernizatsiya qilgan. Kvadrat old faralarga ega yangilangan model Mini Clubman nomi ostida sotuvga chiqqan. Mini Clubman modeli Riley va Wolseley versiyalari o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan.

Mini Cooper’ning 988 kubli motori o‘rniga yangi 1275 GT versiyasi o‘rnatilgan. Ushbu modelni ko‘pincha yanglishib Mini Clubman 1275 GT, deb atashadi. Aslida uning rasmiy nomi doim Mini 1275 GT bo‘lgan va u Clubman’dan alohida model hisoblanadi. Shuningdek, u taxometrga ega birinchi Mini’ga aylangan.

Kolleksiyadan o‘rin olgan yana bir qiziqarli model — uch eshikli Mini Coutryman va Traveller universallari. Ular xetchbeklardan kamroq nusxada ishlab chiqarilgani sabab bugungi kunda qimmatli hisoblanadi.

Avtomobillar turli darajada saqlanib qolgan, biroq bir qarashda ma’lumki, ular anchadan buyon harakatlanmagan. Ombordagi barcha mashinaning old radiator panjarasi yo‘qligi e’tiborga molik.

Avvalroq Saudiya Arabistonida sovet “Volga”lari “qabristoni” topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: 150 dan ortiq sovet avtomobillari o‘rin olgan tashlandiq kolleksiya



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют