» » Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kuchli to‘fon sabab ogohlantirdi

Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kuchli to‘fon sabab ogohlantirdi


O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni mamlakatda ro‘y berayotgan to‘fon sabab ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, avgust oyining boshidan beri Janubiy Koreyaning qator hududlarida kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar kuzatilmoqda va buning oqibatida 38 kishining halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani xabar qilingan.

Shuningdek, shu paytgacha 4 mingga yaqin aholi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, 9 300 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Mamlakat meteorologiya xizmati Cholla-Namdo viloyati va Kvanju shahrida yog‘ingarchilik yanada ko‘payishini taxmin qilmoqda. To‘fonning yarimorolga qarab harakatlanishi ehtimoli sababli markaziy Chunchxon va sharqiy Gangvon aholisi yana kuchli yomg‘irga tayyorlanmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Janubiy Koreya to‘fon ta’sirida bo‘lib, juda kuchli yomg‘ir va shamol kutilmoqda. Asosiy zarba Koreya yarimorolining janubiy va sharqiy hududlarida sodir bo‘lishi mumkin.

“Janubiy Koreya O‘rmon xizmati mamlakatning 16 ta hududidagi ko‘chki xavfining “jiddiy” darajaga ko‘tarilgani haqida ogohlantirgan. Ayni paytda yomg‘ir yog‘ishda davom etib, mamlakat janubini suv bosmoqda. Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, bu holat markaziy va shimoliy hududlar, shu jumladan, poytaxtda ham yuz beradi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyada ko‘plab o‘zbekistonliklarning vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini inobatga olib, ulardan ehtiyotkorlikni oshirishlarini, tabiiy ofatlarda mamlakatda belgilangan ko‘rsatmalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Janubiy Koreyada kuchli yog‘ingarchilik kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tabiiy ofat natijasida avtomobil va temiryo‘llarga jiddiy zarar yetgan.

Tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish uchun 25 mingdan ortiq politsiyachi va qutqaruvchilar, shuningdek, ko‘ngillilar jalb qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют