» » Kremniy vodiysida mast erkak qo‘riqchi robotga hujum qildi

Kremniy vodiysida mast erkak qo‘riqchi robotga hujum qildi


Mauntin-Vyu shahri politsiyasi K-5 qo‘riqchi robotiga hujum qilgan 41 yoshli Jeyson Silveynni hibsga oldi. Robot Knightscope startapi tomonidan jinoyatlarni prognozlash va ularning oldini olish uchun yaratilgan, deb xabar beradi TJournal.

Voqea 19-aprel kuni Knightscope parkovkasida ro‘y berdi. U yerda K-5 sinovdan o‘tkazilayotgan edi. Silveyn kompaniya ofisiga kelib, mashinadan chiqishi bilan robotga hujum qildi. Robot shu zahotiyoq signalizatsiyani faollashtirdi, buning natijasida startap xodimlari qochayotgan huquqbuzarni qo‘lga oldi.

Guvohlarning aytishicha, Silveyn mast bo‘lgan. Erkak mast holda jamoat joyiga bostirib kirishda ayblandi. Silveynning o‘zi esa muhandis ekanligini va shunchaki robotni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lganini aytmoqda.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 05:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют