» » O‘zbekistonda 10-avgust kuni 695 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 10-avgust kuni 695 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 9-avgust soat 23:30 dan 10-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 695 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kunlik kasallanish holati 700 ga yetmayapti. Bu kunlardan 690 dan 695 nafargacha yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 31304 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 695 kishining 552 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 143 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida esa 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. ismli erkak vafot etgan. Qibray tumanining o‘zida bir kunda ikkita o‘lim sodir bo‘ldi. Toshkent viloyatida 3-avgustdan beri har kuni o‘lim holatlari kuzatilmoqda va 8 kun ichida vafot etganlar soni viloyatda 2 barobarga ko‘paydi (11 nafardan 22 nafarga yetdi).

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 200 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 209 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etganini xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 112 nafar bemordan 1 361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan. Kuni kecha SSV koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etgandi.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют