» » “Inter” “Bayer”ni mag‘lub etib Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi

“Inter” “Bayer”ni mag‘lub etib Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining chorak finalida “Inter” 10-avgust, dushanba kuni “Bayer” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsa-da, bo‘limning birinchi yarmida milanliklar ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 15-daqiqada Nikolo Barella butsasining tashqi tomoni bilan antiqa zarba yo‘llagan holda hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Romelu Lukaku italyanlarning ikkinchi golini urdi.

Bunga leverkuzenliklar birinchi bo‘limda Kay Havertning 24-daqiqada kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar yuzga keldi, biroq tanaffusdan keyin darvozalar daxlsiz qoldi.

Shu tariqa “Inter” ushbu g‘alabadan keyin musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi. Antonio Konte shogirdlari final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahsda “Shaxtyor” — “Bazel” uchrashuvi g‘olibi bilan bahs yuritadi.

Yevropa Ligasi

? final bosqichi

10-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 15 Barella, 2:0 – 21 Lukaku, 2:1 – 24 Haverts.

“Inter”: Handanovich, Yang, de Vrey, Bastoni (Shkrinyar, 84), D`Ambrozio (Mozes, 59), Barella, Galyardini (Eriksen, 59), Brozovich, Godin, Lukaku, Martines (Sanches, 64).

“Bayer”: Gradetski, Ta, Tapsoba, Sinkgraven (Vendell, 68), Bender (Belarabi, 85), Haverts, Palasios (Beyli, 59), Baumgartlinger (Amiri, 68), Demirbay, Diabi, Folland (Alario, 85).

Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (31), Sinkgraven (43), Bender (48), Eriksen (85), Tapsoba (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют