» » Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Yengil mashinadagi ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan

Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Yengil mashinadagi ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan


IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, 2020-yil 10-avgust kuni soat 16:30 da Jizzax viloyati Zomin tumani hududidagi A-376 avtomobil yo‘lining 239-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

42 yoshli R.A. boshqaruvidagi Lada Largus Xovos tumanidan Dashtobod yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Oqibatda 42 yoshli R.X. boshqarib kelayotgan Isuzu yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilgan. Departament axborotida Lada’ning taxminan qanday tezlikda harakatlangani yuzasidan ma’lumot berilmagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lada Largus ichidagi yo‘lovchilar 31 yoshli X.B. va 55 yoshli B.B. ismli ikki ayol voqea joyida vafot etgan. Yengil mashina haydovchisi R.A., yo‘lovchilar 30 yoshli B.B. va uning farzandlari 6 yoshli G.R. ismli qiz hamda 4 yoshli R.R. turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Tergov departamentining xabarida.

Jizzaxda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari tez-tez kuzatilib turadi. Jumladan, 2020-yil 16-iyunda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yuz bergan YTHda 5 yashar bola, 4-iyulda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Nexia va Damas rusumli avtomashinalari ishtirokirdagi YTH oqibatida Damas yo‘lovchilari 42 yoshli E.S. va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. 24-iyul kuni “ZIL”dan sakrab qolgan 18 yoshli A.S. hamda Lacetti urib yuborishi oqibatida 5 yoshli T.E. ismli qizcha halok bo‘lgan. 27-iyulda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “O‘zbekiston” QFY hududida 29 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Cobalt 4 yoshli bolani urib yuborgani, Jizzax shahrida Malibu velosipedda ketayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani va o‘smirning tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani (ikkala hodisa ham 23-iyulda sodir bo‘lgan) haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют