» » O‘zbekiston 7 oyda 1 mlrd dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekiston 7 oyda 1 mlrd dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qildi


O‘zbekistonda 2020-yil 7 oy natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini 1 milliard dollardan oshirishga erishildi, deya xabar bermoqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilga nisbatan mahsulotlarning eksportdagi o‘sish sur’ati 112 foizga ta’minlangan.

Ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 49 foiz, gazlama va trikotaj matolar, tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlar — qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning ulushlari esa 51 foizga ta’minlashga erishilgan.

Shuningdek, 395 turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari 57 dan ortiq davlatlarga yetkazib berildi. Doimiy bozorlar hisoblangan MDH davlatlari qatorida Kuvayt, Vengriya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlarga ham ilk bora to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya (394,5 million dollar — 39,2 foiz), Xitoy (187,6 million dollar — 18,6 foiz), Qirg‘iziston (139,1 million dollar — 13,8 foiz) va Turkiya (123,5 million dollar — 12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют