» » Retro uslubdagi Toyota Chinook avtouyi kimoshdiga qo‘yildi (foto)

Retro uslubdagi Toyota Chinook avtouyi kimoshdiga qo‘yildi (foto)


Bring a Trailer onlayn-savdolarida 30 yoshli Toyota Chinook 4x4 avtouyi savdoga qo‘yildi. Avtomobil retro uslubida yaratilgan, Supra’ning Recaro o‘rindiqlari, L-simon ulkan divan, bir juft to‘r belanchak, Wayfinder kompasi hamda ochiluvchi tom bilan jihozlangan. Savdolar 12-avgust, chorshanba kuni yakunlanadi, hozirda boshlang‘ich narx 26,2 ming dollarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Bring a Trailer.

Toyota Chinook 1991-yilda alohida buyurtma asosida yig‘ilgan. Avtouy 2,2 litrli dvigatel, to‘liq uzatmali tizim, besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi hamda Toyota 4x4 pikapining ikki pog‘onali uzatish qutisiga ega bo‘lgan. Kemperdan uning birinchi egasi o‘tgan asrning 90-yillarda foydalanilgan. Shundan so‘ng mashina 2018-yilga qadar — yangi xo‘jayinining qo‘liga tushib qolgunicha yillar davomida harakatsiz turgan. U ham avtouydan uzoq foydalanmay, mashinani 2019-yilning oxirlarida sotuvga qo‘ygan. Shunday qilib, Toyota Chinook ayni vaqtda uch marotaba o‘z egasini almashtirib, 70 ming kilometrdan ortiq yo‘l bosgan.

1991-yilda kemper Metallic Walnut rangiga bo‘yalgan va kuzoviga Chinook stikerlari yopishtirilgan. Avtouy 15 dyuymli po‘lat diskalarga, Wild Country Radial XTX Sport pokrishkalari, kuchaytirilgan old va orqa stabilizatorlariga ega.

Mashinaning salon qismida 1985-yilda ishlab chiqarilgan Supra modelining Recaro o‘rindiqlari joylashgan, shift va pol qismi esa gilam bilan qoplangan. Toyota Chinook’da elektr oyna ko‘targichlar, JDM soatlari, radiopriyomnik, ratsiya va konditsioner mavjud. Shuningdek, kruiz-nazorat ham bor, biroq u ishdan chiqqan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют