» » O‘zbekistonda davlat budjeti daromadlari qanday soliq turlari hisobiga shakllangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda davlat budjeti daromadlari qanday soliq turlari hisobiga shakllangani ma’lum qilindi


Moliya vazirligi davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi qanday soliqlar hisobiga shakllanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat budjeti quyidagi soliq turlari asosida shakllantirilgan:

QQS — 14,3 trillion so‘m (jami daromadlarning 24,6 foiz), foyda solig‘i — 11,8 trillion so‘m (20,3 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 7,3 trillion so‘m (12,5 foiz), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 7,6 trillion so‘m (13 foiz) va aksiz solig‘i — 5,8 trillion so‘m (10 foiz).

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha tushumlar 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 14,3 trillion so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trillion so‘mga kamdir.

Soliq organlari tomonidan nazorat qilinadigan QQS tushumlari 2020-yilning I yarim yilligida 8,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunda 2020-yil II chorakda QQS tushumlarining I chorakka nisbatan 0,6 trillion so‘mdan ko‘proqqa pasayishi kuzatildi. Xususan, tushumlar pasayishi may oyiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib (qariyb 30 foizga) va bu aprel oyida karantin cheklovlarining joriy etilishi bilan izohlanadi.

Bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan QQS tushumlari 2020-yil I yarim yilligida 7,8 trillion so‘mni tashkil qildi. Bunda 2020-yil II chorakda soliq bo‘yicha tushumlar I chorakdagi tushumlardan 4,1 foizga ko‘p bo‘ldi va 4 trillion so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, 1698 ta yuridik shaxsga 811 milliard so‘mlik soliqni to‘lash muddati 120 kungacha kechiktirib berildi.

Foyda solig‘i 2020-yil yanvar—iyun oylari davomida foyda solig‘i bo‘yicha tushum 11,8 trillion so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 trillion so‘mga ko‘p tushum ta’minlandi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2020-yilning I yarim yilligida tushumlar 2019-yilning mos davriga nisbatan 1,1 trillion so‘m ko‘p bo‘lib, 7,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

Ushbu soliq bo‘yicha tushumlar 2020-yilning yanvar—iyun oylarida 630 milliard so‘mni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 307 milliard so‘mga kamaygan.

Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yilning I yarim yilligidagi tushumlarning umumiy hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 0,5 trillion so‘mga oshib, 9,7 trillion so‘mni tashkil etdi.

Resurs soliqlaridan qo‘shimcha tushumlarning asosiy qismi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri keladi. 2020-yilning I yarim yilligida yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarini 2019 -yilning I yarim yillikdagi tushumlar bilan solishtirganda, 0,8 trillion so‘mga ko‘paydi va 7,6 trillion so‘mni tashkil etdi.

Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 2020-yilning I yarim yilligidagi tushumlar 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,3 trillion so‘mga kamaydi va 2,1 trillion so‘mni tashkil etdi

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют