» » Andijonda mansabdor shaxs 15 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi

Andijonda mansabdor shaxs 15 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi


Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Sharq haqiqati” massivi rahbari Sh.A. yer ajratib berishni va’da qilib, fuqarodan 15 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sh.A. o‘zi rahbarlik qilayotgan massiv hududidan Asaka tuman hokimligi mansabdor shaxslari orqali issiqxona qurish uchun 2 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga fuqaro B.A.dan 30 000 AQSh dollari talab qilgan.

Pulning teng yarmini B.A.ning yashash uyida sanab olayotganda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.A. gumondor tariqasida hibsga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют