» » Moskvada “GAZ-53” va “Volga”dan Amerika uslubidagi bejirim furgon yaratilmoqda (foto)

Moskvada “GAZ-53” va “Volga”dan Amerika uslubidagi bejirim furgon yaratilmoqda (foto)


Moskva viloyatida avgust oxirida “Kastom Konvensiya” nomi ostida kastomayzerlar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Unda ko‘plab qiziqarli loyihalar taqdim etiladi, biroq Amerika uslubidagi “GAZ-53” avtoshouning o‘ziga xos qismiga aylanishi kutilmoqda, deb xabar beradi Carakoom.

AQShda kabina qismi yopiq yuk bo‘lmasiga ega bu turdagi kuzovlar Panel Van deb ataladi. Bu kabi furgonlar ko‘pincha oddiy pikaplardan yaratiladi. Ulardan kichik do‘kon yoki ustaxona sifatida foydalanish mumkin.

Mazkur holatda ushbu loyiha Rossiya, Ukraina yoki Belarusdagi yagona hisoblanadi. Shu sababli u Rossiyadagi birinchi Panel Van’ga aylanishi kutilmoqda. Uni Dankoo Customs — eski avtomobillarni kastomayzing (egasining xohish-istaklariga muvofiq tayyor narsalarni bezatish va o‘zgartirish) qilish bilan shug‘ullanadigan kichik ustaxona ustalari yaratmoqda.

Mamlakatda to‘liq o‘lchamli furgon yaratishga xizmat qiladigan pikaplar bo‘lmagani sabab bunda “GAZ-31029” asosidan foydalanilgan. Standart to‘rt silindrli motor V8’ga almashtirilgan.

Kabina va old tayanch qismlar “GAZ-53” yuk mashinasidan olingan, kuzovning qolgan barcha orqa qismini qaytadan metall bo‘laklaridan yasashga to‘g‘ri kelgan. Orqa qanotlari ham “GAZ-53”ning old qanotlari hisoblanadi.

Dankoo Custom’ning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, furgon ustida ishlar davom etmoqda va hali yakunlanmaydi.

Mavzuga doir: Rossiyada KGB xodimlari uchun yaratilgan V8 dvigatelli noyob “Volga” sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют