» » Rostov-Don shahridan vagonida 900 dan ortiq o‘zbekistonlik bo‘lgan poyezd Toshkentga qarab yo‘lga chiqdi

Rostov-Don shahridan vagonida 900 dan ortiq o‘zbekistonlik bo‘lgan poyezd Toshkentga qarab yo‘lga chiqdi


Rostov-Don shahrining “Pervomayskaya” stansiyasidan 10-avgust, dushanba kuni vagonida 918 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan poyezd Toshkentga qarab yo‘lga chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini vatanimizga tezroq qaytarish uchun Rossiyaning turli hududlaridan reyslarni ko‘paytirish, reyslar, jumladan, temiryo‘l reyslarining yo‘nalishi va turlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi TIV xabarida.

“Kun.uz”ning Transport vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, 9-avgust kuni Rossiyaning Samara shahridan 925 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelingan. Xabarda aytilishicha, 13-avgustda yana 900 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rostovdan olib kelinishi kutilmoqda.

Avvalroq Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgani to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: “Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov” — Abdulaziz Komilov

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmagan. Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Orenburg viloyati rasmiylari O‘zbekiston fuqarolari 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi. Ular ham poyezd orqali vatanga qaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют