WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol topildi
Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol topildi
Toshkent shahri Olmazor tumani, “Shifokor” mahallasida yashagan 26 yoshli Mehribonu Iskandarova qidirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Poytaxt IIBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayol topilgan.
“Yaqinda qidiruvi e’lon qilingan Mehribonu Iskandarova Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan topildi. Uning ahvoli yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q”, — deyiladi xabarda.
1994-yilda tug‘ilgan ayol 6-avgust, payshanba kuni, taxminan, soat 08:30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan edi. Toshkent shahar IIBB ayol qayerdan topilgani va u buncha vaqt qayerda bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot bermagan.
Mavzuga doir: Surxondaryodan Ohangaronga turmushga chiqqan kelin 3 yildan buyon qidirilmoqda (video)
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?