» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ota-onalarni xorijdagi soxta OTMlarga aldanib qolishdan ogohlantirdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ota-onalarni xorijdagi soxta OTMlarga aldanib qolishdan ogohlantirdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ota-onalarni xorijdagi ayrim soxta oliy ta’lim muassasalari chaqiruviga aldanib qolmasliklarini so‘radi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, AOKA binosida 10-avgust, dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i shu mavzuda berilgan savolga o‘z fikrlarini bildirgan.

“Afsuski, fuqarolarimizning xorijdagi soxta OTMlar chaqiruviga aldanib qolishi borasidagi muammolar juda ko‘p. Bu yolg‘onlarni o‘zimizning ayrim olg‘ir ‘tadbirkorlar’ qilayotgani esa undan-da achinarli.

Bilasiz, axborot xizmatimiz tomonidan Telegram tarmog‘ida vazirlikning ‘edu.uz’ kanali yuritib boriladi. Bu kanal orqali shu kabi soxta OTMlarga aldanib qolmaslik bo‘yicha doimiy eslatmalarni berib boramiz.

Ma’lumot o‘rnida aytishim kerakki, Namangan shahridagi Yoshlar ittifoqi binosida xorijga o‘qishga yuborishni va’da qilib, odamlarni aldab kelgan soxta firma aniqlangan. Bu firma o‘sha binoda faoliyat yuritgani esa o‘sha joydagi tashkilot mas’ullarining befarqligi natijasi deb o‘ylayman.

Bu ertaga o‘sha yerdagi yoshlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradiki, odamlardan pulini olgan ‘tadbirkorlar’ni topolmay qolamiz.

Xabaringiz bor, bahorda qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan talabalarning hujjatlarining O‘zbekistonga ko‘chirilishiga ruxsat berilgan edi.

O‘shanda Tashqi ishlar vazirligi bergan dastlabki ma’lumot bo‘yicha, bizda yigirma sakkiz yarim mingga yaqin talaba qo‘shni davlatlarda o‘qishi haqida ma’lumot bor edi.

Uchta qo‘shni davlat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan hujjatlar qabul qilinishi boshlangandan keyin ma’lum bo‘ldiki, 55 mingdan ortiq hujjat kelib tushgan.

Oliy ta’lim vazirligi ushbu ma’lumotlarni tasdiqlatganida ko‘pchilik talabalar qo‘shni davlatlardagi 2-3 ta ta’lim muassasasida o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zini talaba sifatida tanishtirgan aksariyat yoshlarning esa o‘qishi borasida biror ma’lumot topilmadi ham.

Bu o‘z-o‘zidan fuqarolarimiz kimlarningdir gapiga ishonib, hujjatlarni qalbakilashtirishi oqibatida yuzaga kelayotgan muammolardir. Men talabalarimiz va ularning ota-onalaridan ana shunday firibgarlar va soxta OTMlarning chaqiruvlariga ishonib qolmaslikni so‘ragan bo‘lardim”, — dedi Abduvali Xoliqov.

Avvalroq Abduvali Xoliqov test bilan bir vaqtda ijodiy imtihon olinadigan yo‘nalishlarda 2020-yil ijodiy imtihonlar bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют