» » O‘rtasaroydagi karantin zonasiga marixuana olib kirmoqchi bo‘lgan ishchi ushlandi

O‘rtasaroydagi karantin zonasiga marixuana olib kirmoqchi bo‘lgan ishchi ushlandi


Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan karantin zonasiga giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rtasaroy karantin shaharchasida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan 3-avgust kuni karantin zonasining qurilish hududida yollanma xizmatchi bo‘lib ishlovchi 25 yoshli T.A. nazorat o‘tish joyida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Ta’kidlanishicha, uning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) og‘irligi 2,83 gramm marixuana giyohvandlik moddasi chiqqan va u xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani O‘rtasaroy hududidagi 16 gektar maydonda karantin zonasi barpo etilgan edi. 10 700 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan karantin markazi aprel oyida foydalanishga topshirilgan edi. Bu yerga xorijdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘rtasaroy”da karantinda saqlanayotgan fuqarolarning noroziligi aks etgan videoga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют