» » Toshkentda Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya Milliy filarmonik orkestri konserti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya Milliy filarmonik orkestri konserti bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida taniqli dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya Milliy filarmonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

“Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali doirasida tashkil etilgan ushbu konsertda Rossiyaning Bolshoy teatri opera truppasi solisti, xalqaro tanlovlar sovrindori Anna Aglatova (soprano), Moskva shahridagi Y.Kolobova nomidagi “Novaya opera” teatri solisti Vasiliy Ladyuk (bariton) hamda O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov (tenor) ishtirok etdi.

“O‘zbekistonga kelganimdan, o‘zbek tomoshabinlari bilan yana uchrashayotganimdan g‘oyat mamnunman, – dedi Vladimir Spivakov. – Serquyosh, mehmondo‘st, boy tarixiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy merosga ega bu diyor yuragimning bir bo‘lagiga aylanib qolgan. O‘zbekiston iste’dodlarga boy mamlakat. Ushbu konsert madaniy aloqalarimizni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi”.

Muhtasham zalda tomoshabinlar Rossinining “Sevilyalik sartarosh”, Donitsettining “Don Paskuale”, Verdining “Sitsiliya oqshomi”, “Rigoletto”, Bizening “Karmen” kabi operalaridan ijro etilgan uvertyura, ariya, kavatina, kupletlarni olqishlar bilan kutib oldi. Konsert yakunida Verdining “Traviata” operasidan “Dasturxon atrofida” qo‘shig‘ini san’atkorlar tomoshabinlarning qarsaklari jo‘rligida kuyladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют