» » Toni Kroos faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi. U Zidan emas

Toni Kroos faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy nomini aytdi. U Zidan emas


Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos o‘zi bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiy nomini aytdi.

Faoliyatim davomida ko‘plab yuqori darajadagi murabbiylar bilan ishladim. Xosep Gvardiola bilan o‘tkazilgan bir yil juda ajoyib edi va bu vaqtda men yanada yuksalishga erishdim. “Real”da Zinedin Zidan bilan o‘tkazgan yillarim esa eng muvaffaqiyatlisi. Biroq eng yaxshi murabbiy nomini aytishim kerak bo‘lsa, bu Yup Haynkes. U menga dastlab “Bayer”da, so‘ngra “Bavariya”da o‘z o‘rnimni topishimga yordam bergan. Uning sharofati bilan yuqori darajali o‘yinchi bo‘ldim.

Toni Kroos, “Real” futbolchisi

Toni Kroos 2014-yildan beri “Real” sharafini himoya qiladi. Ungacha u “Bayer” va “Bavariya”da to‘p surgan. Kroos Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 35 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют