» » Dunyoda yangi milliarder paydo bo‘lgani ma’lum qilindi

Dunyoda yangi milliarder paydo bo‘lgani ma’lum qilindi


Amerikaning Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk dunyo milliarderlari qatoriga qo‘shildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

“Kuk kompaniya tashkil etmagan rahbarlar nufuzli klublaridan biriga qo‘shildi. Uning sof daromadi bir milliard dollardan oshdi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik Kukning jami boyligi miqdorini aniq keltirmagan, ammo u Bloomberg Billionaires Index hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple aksiyalari narxi ko‘tarilgan bir paytda 1 milliard dollardan oshgani ta’kidlangan. O‘tgan haftada kompaniya aksiyalari narxi qariyb 5 foizga ko‘tarilgan, natijada uning bozor qiymati qariyb 2 trillion dollarni tashkil etgan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Kuk Apple’ning qiymati 375 million dollar bo‘lgan 848 mingta aksiyasiga egalik qiladi. Kompaniya qimmatli qog‘ozlari yil boshidan buyon 1,5 martaga qimmatlashgan va 7-avgust, juma kungi savdolar yakuniga ko‘ra ular qiymati bir dona uchun 444,45 dollarni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, Kukning boyligi ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib baholangan. Apple rahbari katta miqdordagi pullarni anonim tarzda xayriya qilgan bo‘lishi, shu sababli uning boyligi 1 milliard dollardan kam bo‘lishi ham mumkin.

Avvalroq Jeff Bezosning boyligi 180 milliard dollardan oshgani, Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют