» » Farg‘onaga donasi 4 mln so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod konsentratori olib kelindi. Buxoro hokimligi kislorod konsentratorlarini 12 mln so'mdan xarid qilgandi

Farg‘onaga donasi 4 mln so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod konsentratori olib kelindi. Buxoro hokimligi kislorod konsentratorlarini 12 mln so'mdan xarid qilgandi


Farg‘ona viloyatidagi tibbiyot muassasalari uchun 500 dona kislorod konsentratori va 5 mingta pulsoksimetr olib kelindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, viloyatga Xitoydan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan 3 milliard so‘mlik tibbiy buyumlar keltirilgan. Bir dona kislorod konsentratori 4 million 200 ming so‘mdan, pulsoksimetr esa 150 ming so‘mdan xarid qilingan.

Mazkur tibbiy jihozlar COVID-19’ infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni joylashtirish uchun tayyorlab qo‘yilgan zaxira maskanlarga topshirilgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida tashkillangan tashxislash va taqsimlash markazida ushbu jihozlarning o‘rnatilish jarayoni bilan tanishgan. Hokim “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorlari ishlab chiqaradigan yangi korxona ish boshlashini ma’lum qilgan.

“Viloyatimizda tayyorlangan zaxira o‘rinlariga bu kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlarining birinchi qismi yetkazilmoqda. Shuningdek, bu kabi zarur jihozlar bilan barcha tibbiyot maskanlarimizni ta’minlash tadbirlarini ko‘rganmiz. Bundan tashqari, yaqin kunlarda ‘Qo‘qon’ erkin iqtisodiy zonasida xuddi shunday tibbiy jihozlarni ishlab chiqaradigan yirik korxona ishga tushiriladi. Viloyatimizdagi barcha shifokorlar va tibbiyot xodimlari bepul pulsoksimetrlari va boshqa tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi”, — dedi viloyat hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish maqsadida Dynmed kompaniyasining har biri 12 million so‘m turuvchi 50 dona tibbiyot konsentratorini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Telegram’dagi “Bakiroo” kanali yurituvchisi Otabek Bakirov Dynmed kompaniyasining kislorod konsentratorlari Alibaba’da 320 dollardan taklif etilayotganini, agar 100 tadan ortiq olinsa, 220 dollardan sotilayotganini yozib qoldirdi. Shuningdek, “Troll.uz” kanalida ham 50 dona konsentrator orasidagi farq 436 million so‘m ekani tanqid qilingan.

Buxoro hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev mazkur holatni izohlar ekan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga asossiz xulosa berilayotganini qoralashini bildirib, bloger aytayotgan narxda kislorod konsentratori bor bo‘lsa, xarid qilishga tayyorligini aytgandi.

Moliya vazirligi esa Buxorodagi kislorod konsentratorlarining sotib olinishining qonuniyligiga izoh berdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют