» » Andijonlik 30 yoshli erkak olimiga 18 yoshli yigitning sevgan qiziga gap otganligi sabab bolmagan. Tergov departamenti notogri malumot bergan bolib chiqmoqda

Andijonlik 30 yoshli erkak olimiga 18 yoshli yigitning sevgan qiziga gap otganligi sabab bolmagan. Tergov departamenti notogri malumot bergan bolib chiqmoqda


Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib 30 yoshli erkakni oldirib qoygani haqida xabar berildi. Xabarda 18 yoshli yigit yaxshi korgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli fuqaroni qolidagi temir bolagi bilan urib, tan jarohati yetkazgani, shu kunning ozida jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan bolsa-da, korsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 27-iyul kuni shifoxonada vafot etgani aytilgandi.

Marhumning akasi Sanjar Osarov Daryoga murojaat qilib aslida holat tergov departamenti aytganidek bolmaganligini, ukasi urushayotgan bolalarni ajratmoqchi bolib borganligini bildirdi.

Daryo muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea yuz bergan joyda bolib, guvohlar bilan uchrashdi.

Sanjar Osarovning aytishicha, ukasi marhum Jahongir Osarov doimiy ravishda sport bilan shugullanib kelgan. Osha kuni u farzandi bilan dalada mashgulot otkazish bilan birga mol boqayotgan bolgan. Kanal boyida mahalla bolalarining janjallashayotgani eshitib, ularni ajratish uchun voqea joyiga borgan.

Ukam doimiy ravishda sport bilan shugullanib kelardi. Farzandlarini ham sportga qiziqtirishga harakat qilardi. Karantingacha sport zaliga borishardi. Zallar yopiq bolganligi uchun mart oyidan buyon kochada shugullanib kelishayotgandi. Voqea yuz bergan kuni kechqurun ukam 3-sinf ogli bilan mashgulot otkazish hamda mol boqish uchun chiqib ketgan. Aytishlaricha, holat bolgan paytda ular yoqilgi quyish shoxobchasi oldidagi otloqda mollarini boqayotgan bolgan.

Osha paytda 2002-yilda tugilgan Dasturxonchi va Qipchoq mahallalarining bolalari bir qiz tufayli janjallashayotgan bolgan. Ukam baqir-chaqirlarni eshitib, ularni ajratish uchun borgan. Borib ajratayotganda bolalardan biri unga galati qarash qilganda Nimaga unaqa qaraysan, meni tanimaysanmi? Falonchiman, dasturxonchida meni hamma taniydi deb baqirib gapirgan. Gapini tugatmasidan ortida turgan bolalardan biri armatura bilan uning boshiga urgan. Shu tufayli ukam ikki kun shifoxonada jonlantirish bolimida yotib, vafot etdi, deydi Sanjarbek Osarov.

Voqea guvohlaridan biri Jamshid Hakimovning aytishicha, janjalga uning telefoniga bir necha marotaba begona raqamdan qongiroq qilgan qiz sababchi bolgan. Voqea yuz bergan kuni qoshni mahalladagi yigitlardan biri unga osha qiz telefon qilgan raqamdan chiqib, tortishgan va uni yuzma-yuz korishishga chorlagan.

Voqea yuz berishidan uch-tort kun avval telefonimga notanish raqamdan qongiroq boldi. Birorta tanishlarim shekilli, deb javob bersam, begona qiz ekan. Ovozingiz yaxshi eshitilmayapti dedim-da, ochirib qoyib, ishimni davom ettirdim. Bir-ikki kundan keyin xuddi osha raqamdan yana qongiroq boldi. Kim ekan deb qiziqib, bir oz gaplashgach, yana ochirib qoydim. Janjal yuz bergan kuni kechqurun dalada suv quyayotgan edim. Xudda shu raqamdan qayta-qayta telefon boldi. Noiloj olganimdan keyin notanish ogil bola Kimsan? Nega bu raqamga telefon qilayapsan? dedi. Bu nomerdan menga telefon qilishdi desam, sokindi. Ancha tortishganimizdan keyin kanalning oldiga chiqishimni taklif qildi. Kichkina bola bilan chiqdim. Qarasam ular uch kishi ekan. Shundan keyin shu atrofda qoy boqayotgan oshnamni ham chaqirib oldim. Kelisholmaganimizdan keyin yakkama-yakka urushadigan bolib, kanalning chetiga otdik. Bir-birimiz bilan yoqalashayotgan paytimizda Jahongir akam etib kelib, ajratishga harakat qildi. Bizni ajratayotgan paytda kimdir uning boshiga urvordi. Aslida Jahongir akani hech kim chaqirmagandi. Ovozimizni eshitib, ajratishga kelgandi xolos, deydi Jamshidbek Hakimov.

Guvohlardan yana biri Hojiakbar Yoldoshevning aytishicha, u osha kuni jabrlanuvchi bilan birga mol boqayotgan bolgan. Dosti unga qongiroq qilib, bir qiz sababli qoshni mahallaning bolalari bilan urushayotganligini aytib, yordamga chaqirgan. Hech qancha otmasdan ularning yoniga yosh bola kelib, kanal boyida urush bolayotganligini aytib, ajratishda yordam soragan.

Jahongir aka bilan bolalarni ajratish uchun bordik. Borsak, ikkitasi yerda dumalab yotgan ekan. Ularni ajratdik. Jahongir aka bolalarga qarab, Hali yosh bola ekansanlar. Qiz bolani deb urishib nima bor? Undan kora hammang uyinga bor dedi. Shu paytda uning ortida turgan bola armatura bilan boshiga urdi. Jahongir akam zarbdan joyiga yiqildi. Bola esa qochib ketdi. Men uning ortidan quvladim, deydi Hojiakbar Yoldoshev.

Hojiakbar Yoldoshevning aytishicha, janjallashgani kelganlar kopchilikni tashkil qilgan. Ularning qolida truba emas, tortta armatura bolgan.

Tergov davomida Jahongir akani truba bilan urdi deyishyapti. Aslida ularning qolida tortta armatura bor edi. Uchastkovoy idoraga chaqirganda urgan bolaning sheriklari uchta deyildi. Ichki ishlar bolimida otkazilgan surishtiruv davomida esa sheriklari soni beshtaga etdi. Ozim guvohman ularning soni ondan ortiq edi. Faqat qolganlari kanalning narigi chetida kuzatuvchi bolib turishgandi, xolos, deydi Hojiakbar Yoldoshev.

Marhumning akasi Sanjarbek Osarovning aytishicha, tergov departamenti yolgon xabar tarqatganligi sababli ukasining nomiga dog tushgan.

Otgan ishni kovlashtirish, kimnidir aybdor qilishdan yoki tergov ishlariga aralashishdan yiroqman. Avvalo, taqdir ekan ukamning hayoti shu hodisa tufaylik yakuniga yetdi. Uning olimiga sababchi bolgan bola men istasam ham qonun oldida javob berishiga ishonaman. Meni qiynayotgan masala boshqa voqea haqida internet saytlarida notogri xabar tarqalgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ukam haqida salbiy fikrlar yozilmoqda. Natijada nomiga dog tushdi. Aslida qiz talashib janjallashganlar yosh yigitlar bolgan. Xabarlarda nega ukamga urgu berilganini tushunmayapman. U roy berishi mumkin bolgan salbiy holatning oldini olaman deb, ozi qurbon boldi. Maqsadim asl holatni ommaga yetkazish, ukamning nomini oqlash. Tarmoqlarda fikr bildirayotganlardan iltimosim, voqea qanday yuz berganini bilmay, organmay turib marhum haqida yomon fikrlarni bildirmang, deydi marhumning akasi.

Asaka tuman ichki ishlar bolimi huzuridagi tergov bolimi surishtiruvchisi, leytenant Jasur Ikromjonovning malumot berishicha, 2020-yil 25-iyul kuni Asaka tumanida yashovchi fuqaro O.N. marhum Jahongir Osarovga tan jarohati yetkazib, uning olimiga sababchi bolganligi holati boyicha dastlabki malumotlarda O.N. bilan qiz sababli janjallashgani malum qilingan. Biroq, keyinchalik holat boshqacha bolgani malum bolgan.

Asaka tumani Dasturxonchi MFYda yashovchi 2002-yilda tugilgan fuqaro O.N. 2020-yil 25-iyul kuni soat 22-30 da tumanning Qipchoq MFY hududida joylashgan dala maydonida shu mahallada yashovchi fuqaro J.H. va Dasturxonchi mahallasida yashovchi fuqaro I.M. bilan sevgan qizi xususida tortishib, janjallashayotgan vaqtida fuqaro J.O. ularni ajratib Dasturxonchi mahallasida menga teng keladigani yoq deb gapirgan. Bu sozni eshitib, jahli chiqqan O.N. ozi bilan birga olib kelgan temir buyum bilan J.O.ning bosh sohasiga bir marotaba urib, unga ogir tan jarohati etkazgan va natijada J.O. shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan 27-iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qozgatilgan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Jahongir Osarov vafot etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogir shikast yetkazish) 3-qismi d bandiga qayta malakalangan. Jinoyat ishi boyicha gumonlanuvchi O.N. 27-iyul kuni ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi boyicha Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bolimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Daryo voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 15:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -