» » Internet va smartfonlar inson xotirasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Internet va smartfonlar inson xotirasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


Internet va smartfonlar hayotimizni oson va qulay qilganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo cheksiz imkoniyat va ma’lumotlar manbasi bo‘lgan mazkur ixtirolar inson miya faoliyati va xotira susayishiga ta’sir qiladi. “Wday.ru” telefon va internetga qaramlikning xotira bilan bog‘liq salbiy oqibatlari nimalardan iborat ekaniga to‘xtaladi.

Internet xotirani susaytiradi

Kerakli ma’lumotni istalgan vaqtda internetdan izlash (Google orqali qidirish), internet orqali o‘rganish imkoniyati mavjud degan tushuncha sabab, informatsiya eslab qolinmaydi, xotirada saqlanmaydi va kerakli vaqtda inson aqli qolib, onlayn manbalarga murojaat qilinadi. Uzoq muddatli xotiraning kuchayishiga xalal beradigan, ma’lumotni internetdan qidirish tendensiyasi “raqamli amneziya” deb ataladigan holatga sabab bo‘ladi. Miyani ishga solgandan ko‘ra, gadjetlarga tayanib ma’lumot qidirishga nisbatan, Google ta’siri (effekti) degan ta’rif ham beriladi. Bu esa xabar yoki ma’lumot o‘qilganidan keyin son va raqamlar, fakt hamda terminlarning unutib qo‘yilib, esga olish uchun qayta internet manbalariga murojaat qilinishi bilan namoyon bo‘ladi. Qizig‘i esa, ma’lumot batafsil xotirada saqlanib qolmasligi mumkin, lekin e’lon qilingan nashr yoki sayt nomi esdan chiqmaydi.

Suratlar vizual xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Xotiralar ko‘rilgan, eshitilgan, o‘qilgan va his qilingan narsalardan tashkil topadi. Lekin zamonamizga go‘zal yoki ajabtovur joy yoki jarayonni tomosha qilish, his qilish va rohatlanishdan ko‘ra, uni telefon orqali suratga olish xos bo‘lib qoldi. Mushakbozlik, quyosh botishi, tabiat manzaralari endilikda inson xotirasida emas, smartfonlar galereyasida saqlanmoqda. Ko‘rib tomosha qilinmagan, his qilinmagan voqea-hodisalar esa tezda yoddan chiqadi. Bunday xulosaga kelishda olimlarning, bir guruh ishtirokchilarni muzeyga borib, ayrim eksponatlarni tomosha qilish, boshqalarini esa suratga olish vazifasini yuklatgan holda o‘tkazgan tajribalari asos bo‘lgan. Natijaga ko‘ra, kishilar xotirasida suratga olingan obyektlar qolib, shunchaki tomosha qilingan eksponatlar saqlanib qolgan.

O‘tmish bilan bog‘liq yolg‘on xotiralar paydo bo‘ladi

Ijtimoiy tarmoqlardan haddan ortiq darajada ko‘p foydalanish xotirani keraksiz, chiqindi ma’lumotlar bilan to‘lib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa tomosha qilingan suratlardagi joy, makonda bo‘lgandek, boshqa foydalanuvchilar esa tanishdek yolg‘on taassurot berishi mumkin. Mutaxassislar buni isbotlash uchun, ishtirokchilarga fotoshop qilingan feyk suratlarni bergan va bu ularning bolalikdagi suratlari ekanini ta’kidlagan. Ajablanarlisi, ishtirokchilar aslida yuz bermagan, surat bilan bog‘liq voqea va hodisalarni eslagan.

Gadjetlar xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldini olish uchun nima qilish kerak?

Xotira va miya bajara olishi mumkin bo‘lgan vazifalari gadjetlar zimmasiga yuklamang. Xotirani charxlaydigan mashg‘ulot va vazifalarni bajaring. Ijtimoiy tarmoqlarda behudaga vaqt sarflamang, yaqinlaringiz tug‘ilgan kuni va telefon raqamlarini telefonga qayd qilmasdan, yodda saqlashga harakat qiling. Xayolan kerakli mahsulotlar ro‘yxatini tuzing va do‘konda o‘z xotirangizga tayanib xarid qiling. Yil, sana va raqamli faktlarni yodlab, yaqinlaringiz bilan muhokama qiling.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют