» » Davolanishda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik mansabdorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Davolanishda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik mansabdorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi


AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ayni vaqtda davolanishda bo‘lgan mansabdor shaxslar va hukumat a’zolarining holati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Jumladan, aholidan kelgan “Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov va boshqa mansabdorlarning salomatligi va bugungi holati haqida ma’lumot bersangiz”, degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Albatta, yuqoridagi taniqli shaxslarimizning salomatligi holati bilan qiziqqaningiz uchun katta rahmat, ayni kunlarda ularning salomatligida tashvishli narsa yo‘q, davolash ishlari davom etmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasidan, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa Respublika kardiologiya markazida davolanayotgani xabar berilgan. Habibullo Oqilov Shodmonov koronavirusdan davolanayotgani haqidagi taxminlarni rad etgan.

29-iyul kuni O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov, 31-iyul kuni esa Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют