» » DXX akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagoglarni ishga taklif etmoqda

DXX akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagoglarni ishga taklif etmoqda


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga taklif etmoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarga asosan, chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan) hamda ilmiy daraja va unvonga ega (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega) pedagog kadrlar quyidagi fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining professor-o‘qituvchi lavozimlariga tanlov asosida ishga taklif qilinmoqda:

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida ishlashni xohlovchi, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beruvchi pedagog kadrlar 2020-yilning 20-avgustiga qadar DXX akademiyasiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda qatnashishni xohlovchilar taqdim etadi:

1. Akademiya boshlig‘i nomiga ariza;

2. So‘rovnoma (ma’lumotnoma, obyektivka, tarjimayi hol), 4 dona 3x4 hajmdagi rangli fotosurat;

3. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hamda ilmiy daraja va unvon bo‘yicha diplomlar nusxasi;

4. Malaka oshirish kurslarida o‘qiganligi haqida (xorijiy tillar bo‘yicha pedagog kadrlar til bilish darajasi to‘g‘risida) guvohnoma;

5. Mehnat daftarchasi nusxasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют