» » UFC 254 musobaqasida yana ikki Nurmagomedov jang qiladigan bo‘ldi

UFC 254 musobaqasida yana ikki Nurmagomedov jang qiladigan bo‘ldi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasida amakivachchalari ham ishtirok etishini ma’lum qildi.

“Biz bir kunda UFC 254 ga qaytamiz. Abubakar, Islom va Umar bilan. Xullas, bizning jamoadan to‘rt kishi musobaqada jang qiladi”, — deydi Habib.

Shu tariqa UFC 254 musobaqasi Habib Nurmagomedovdan tashqari amakivachchalari Abubakar Nurmagomedov, Umar Nurmagomedov qatnashadi. Shuningdek, Islom Maxachev ham ushbu musobaqada ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, Umar Nurmagomedov UFC’da debyut jangini o‘tkazadi. U MMA’da 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

UFC 254 musobaqasi 24-oktabrda bo‘lib o‘tadi. Habib bu jangda yengil vazndagi vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...