» » Britaniyalik dizaynerlar kelajak samolyotlari saloni dizaynini namoyish etdi

Britaniyalik dizaynerlar kelajak samolyotlari saloni dizaynini namoyish etdi


Britaniyalik ixtirochilar kelajak samolyotlari salonining konseptual dizaynini namoyish etdi, deb xabar beradi The Sun.

Kelajak samolyotlari saloni sayohatchilarni infeksiya tarqalishidan himoyalashga mo‘ljallangan. Innovatsion uslub, shuningdek, gigiyena darajasini oshirishi va parvoz sifatini yaxshilashi kerak. O‘rindiqlar ultrabinafsha usulida tozalanadigan materiallardan yaratiladi, bu koronavirusni o‘ldirishga yordam beradi.

Shuningdek, nomlarda ham o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: “ekonom-klass” Pure Skies Zones, “biznes-klass” esa — Pure Skies Rooms deb ataladi. Kelajakda “ekonom-klass”dagi ayrim o‘rinlar shaxmat shaklida joylashtiriladi, bu esa yo‘lovchilar o‘rtasida aloqa darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. Ko‘ngilochar televideniyedan voz kechiladi, uning o‘rniga smartfonni rozetkaga ulash, o‘rindiqni moslashtirish va shaxsiy kontentni tomosha qilish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, o‘rindiq orqa qismiga simsiz quvvatlantirgich o‘rnatiladi. Bukletlar yotadigan hamyonlar ham chiqindi va zararli bakteriyalar yig‘ilmasligi uchun olib tashlanadi. Uning o‘rniga almashtiriluvchi paketlar qo‘yiladi. Pure Skies Rooms shaxsiy shkaflar, darpardalar va katta ekranli televizorlarga ega bo‘ladi.

Mazkur loyihani 3 yildan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Italiyaning aviatsiya interyerlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Avio Interiors kompaniyasi antivirusli o‘rindiqlarga ega samolyot saloni konseptini taqdim etgandi.

Mavzuga doir: Malayziyada styuardessalar uchun antikoronavirus kiyim taqdim etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют