» » Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Buxoroda avtomobil old g‘ildiragining chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10-avgust kuni, taxminan, soat 15:30 larda fuqaro U.B. ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan “Moskvich” rusumli avtomashinani G‘ijduvon tumani “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l, ya’ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida u boshqaruvni yo‘qotib harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. Natijada avtomashinada yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yengil mashinadagi ikki nafar yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют