» » Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmagan “Manchester Yunayted” “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi

Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmagan “Manchester Yunayted” “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi


“Manchester Yunayted” “Borussiya D” hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmagach, “Barselona” vingeri Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda ESPN.

Sancho ingliz klubi uchun asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda, biroq o‘yinchining yuqori transfer narxi “qizil iblislar”ni boshqa variantlar haqida o‘ylashga majbur qilgan.

“Manchester Yunayted” 23 yoshli fransiyalik futbolchi transferi borasida norasmiy muzokaralar o‘tkazgan. Dembeleni sotib olish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga olish varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Usmon 2019/20-yilgi mavsumning asosiy qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi va La Ligada bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazdi.

Avvalroq dortmundliklar Jeydon Sancho bilan shartnoma uzaytirilgani va futbolchi bu yozda jamoani tark etmasligi haqida ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют