» » Silvestr Stallone o‘zining Cadillac Escalade’sini 350 ming dollarga sotmoqda

Silvestr Stallone o‘zining Cadillac Escalade’sini 350 ming dollarga sotmoqda


Gollivud aktyori Silvestr Stalloni o‘zining shaxsiy Cadillac Escalade yo‘ltanlamasini 350 ming dollar evaziga sotuvga qo‘ydi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur hashamatli avtomobil interyerini loyihalashda bevosita ishtirok etgan, deb xabar beradi Motor.

Cadillac Escalade ESV g‘ildirak bazalari kattartirilgan yo‘ltanlamas hisoblanadi. Biroq aktyorning xohishiga ko‘ra, Kaliforniyadagi Becker Automotive Design atelyesi tyunerlari avtomobil uzunligini yana 50,8 santimetrga uzaytirgan. Modifikatsiya natijasida avtomobil uzunligi 6 metrdan oshib ketgan.

Hashamatli yo‘ltanlamas interyerini Stallonening shaxsan o‘zi loyihalashtirgan. Modifikatsiyaga uchragan Escalade saloni yuqori sifatli oq charmdan ishlangan. Bundan tashqari, avtomobil ichiga massaj o‘rindig‘i, 43 dyuymli televizor, yig‘ma stollar, shuningdek, darpardalar, mini-bar va sensor boshqaruvga ega audiotizim o‘rnatilgan.

Cadillac Escalade kapoti ostidan 426 ot kuchiga ega olti litrli V8 dvigateli o‘rin olgan. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Odometrga ko‘ra, mashina 1609 kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, Stallone ulkan yo‘ltanlamasdan deyarli foydalanmagan.

Jangari filmlar yulduziga tegishli avtomobilni 350 ming dollarga xarid qilish mumkin.

Mavzuga doir: Anjelina Jolining garaji: Gollivud yulduzi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют