» » Shu yozda urfda bo‘ladigan bosh kiyimlar

Shu yozda urfda bo‘ladigan bosh kiyimlar


Yoz faslida zararli ultrabinafsha nurlardan himoyalanish uchun bosh kiyim kiyishni unutmang. Xo‘sh kelayotgan yozda qanday bosh kiyimlar urfga kiradi?

Sport uslubi ommaboplik cho‘qqisiga chiqqan bir paytda beysbolka barcha olifta qizlar uchun mutlaq must-have’ga aylandi. Uni shaharga xos sport komplektlari bilan ham, erkaklar uslubidagi shimli kostyum bilan ham kiyish mumkin. Faqat buning uchun hech qanday naqshsiz oddiy variantni tanlang. Kecha va ziyofatlarga esa (norasmiylariga, albatta) esa, bemalol toshlar, naqshlar, rasmlar tushirilgan yorqin kepkalarni kiyib borishingiz mumkin.

Tennischilar sport formasining bir qismi — yopishtirib qo‘yiladigan koziryok bu mavsumda shahar ko‘chalariga va oliftalar garderobiga ko‘chdi. Zamsh, velyur va rang-barang plastikdan yasalgan koziryoklarni dizaynerlar hilpirab turuvchi matodan tikilgan kombinesonlar va kostyumlar bilan uyg‘unlashtirishni maslahat beradi.

Dizaynerlar bizning an’anaviy poxol shlyapa haqidagi taassurotimizni o‘zgartirib, uni oqsuyaklarga xos bo‘lgan bosh kiyimiga aylantirmoqda. Biz qiyofamiz va kayfiyatimizga qarab, turli shakl va kattalikdagi, turli bezakli shlyapalardan birini tanlashimiz mumkin.

Bolalikdan bizga tanish bo‘lgan bosh kiyimi — panama — bu yozda modali aksessuar maqomiga ega bo‘ladi, uni shaharda ham bemalol kiyib yurish mumkin. Dizaynerlar yangi kolleksiyalarida paxta gazlama, baxmal va shoyidan tikilgan nafis bezakli panamalar modellarini taqdim etdi.

Foto: “Fraufluger.ru”

Опубликовано: admin (27-04-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют