» » Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 8 kishi kuydirgi sababli kasalxonaga yotqizildi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 8 kishi kuydirgi sababli kasalxonaga yotqizildi


Qirg‘iziston janubida sakkiz kishi kuydirgi (Sibir yarasi) kasalligida gumonlanib, O‘sh viloyatlararo kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilganlarning barchasi kasallangan mol go‘shtidan zararlangan. Laboratoriya tahlili bemorlardan birida tashxisni tasdiqlagan. Ular bilan aloqada bo‘lgan 285 kishi aniqlangan.

Epidemiologik o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, iyul oyining oxirida go‘shti Tog‘uz Bo‘lak, Taldiq, Qizil Bayroq va Besh Mo‘ynoq qishloqlaridagi 34 ta oilaga tarqatilgan yirik shoxli qoramolni so‘yish va go‘shtini tarqatishda to‘qqiz kishi qatnashgan. Qayd etilishicha, aloqada bo‘lgan barcha kishilar kasallikning oldini olish uchun antibiotik dorilar qabul qilmoqda va tibbiy kuzatuvga olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qoramol so‘yilgan joydagi tuproq namunasining laboratoriya tahlillari kuydirgi  borligini ko‘rsatgan. Bakteriologik va biologik usullardagi laboratoriya tahlillari davom etmoqda. Hodisa yuz bergan tumanda Sibir yarasi o‘chog‘ini o‘rab olish va kasallikni yo‘q qilish bo‘yicha tezkor shtab tashkil qilingan.

O‘sh viloyatlararo kasalxonasi shifokori Xursandali Toshovning ma’lum qilishicha, kasalxonaga yotqizilgan sakkiz kishidan yetti nafari O‘sh viloyati Qora-Suy tumanining Papan qishlog‘ida yashovchilar hisoblanadi. Ularning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, u zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni so‘yish, go‘shtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorvachilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda kasallik shu soha xodimlarida, ya’ni hayvonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan kishilarda ko‘proq kuzatiladi. Infeksiya sog‘lom odam organizmiga nafas yo‘llari, teri va og‘iz orqali tushishi mumkin.

Qirg‘izistonda 2018-yilda ham 11 kishi kuydirgi bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют