» » O‘zbekistonda 2020-yilda akademik litseyga hujjat topshirgan 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinguniga qadar o‘qishni maktabda davom ettiradi

O‘zbekistonda 2020-yilda akademik litseyga hujjat topshirgan 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinguniga qadar o‘qishni maktabda davom ettiradi


O‘zbekistondagi akademik litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish 2020-yilning 2-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejalashtirilgan. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, saralash imtihonlarining tartibi, akademik litseylar kesimida o‘tkazish muddati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Farhod Babashevning bildirishicha, akademik litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish 2-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rejalashtirilgani sababli 9-sinfni bitirib, akademik litseyga hujjat topshirgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilingunga qadar o‘zi o‘qiyotgan maktabda o‘qishni davom ettirib turishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlab ikki smenada stadionlarda o‘tkaziladi va 14 kun davom etadi. OTMlardagi ta’lim esa masofaviy shaklda boshlanadi. Xalq ta’limi vazirligi esa o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют