» » Tramp Pentagonga Suriya va Iroqdagi qo‘shinlar kontingentini o‘zgartirish uchun vakolat berdi

Tramp Pentagonga Suriya va Iroqdagi qo‘shinlar kontingentini o‘zgartirish uchun vakolat berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga davlat qurolli kuchlarining Suriya va Iroqqa joylashtirilgan kontingenti soniga qo‘yilgan cheklovlarni o‘zgartirish vakolatini berdi. Bu haqda Reuters AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayanib xabar qildi, deb yozadi “TASS”.

Ammo ularning ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha hech qanday o‘zgarishlar qilinmagan. Agentlikning mudofaa idorasidagi manbalari ta’kidlashicha, AQShning Iroq va Suriyadagi strategiyasi hamon mahalliy kuchlarni IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu taktika, deb yozadi Reuters, AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining yirik kontingentini mintaqaga joylashtirish zaruriyati oldini oldi.

Ayni paytda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqda 5262, Suriyada esa 503 nafar amerikalik harbiy xizmatchi bor. Trampning qarori amerikalik harbiy boshliqlarning joylardagi vakolatlarini kengaytirishda yana bir qadam bo‘ldi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют