» » O‘zbekistonda yana 150 mingdan ortiq oila moddiy yordam oladi

O‘zbekistonda yana 150 mingdan ortiq oila moddiy yordam oladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati (“temir daftar”) kengaytiriladi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Prezidentning 30-iyuldagi farmonida a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan edi. Ko‘rsatiladigan moddiy yordamning umumiy miqdori 380 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 150 mingga yaqin oila yordam ko‘rsatilganidan keyin ro‘yxatdan chiqarilgan. Ro‘yxatga yangi kiritiladigan taxminan 150 mingta oila bir martalik moddiy yordam oladi. Buning uchun davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

“Temir daftar” ro‘yxatlari mahalla raislari va sektorlar rahbarlari tomonidan uyma-uy yurish orqali oilalarning moddiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish yo‘li bilan shakllantiriladi, ehtiyojmandlar ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

“Temir daftar”ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti bayrami arafasida respublika budjetidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 150 ming oila 1 million so‘mdan moddiy yordam olgandi. Shuningdek, 15-avgustgacha 400 mingdan ko‘proq oilaning har bir a’zosi uchun 220 ming so‘mdan to‘lash belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Prezidentning 5-avgustdagi qarori bilan aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartiblarining avtomatlashtirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют