» » Bekobod tumanida narxlarni oshirib yuborgan taksichilarning mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi

Bekobod tumanida narxlarni oshirib yuborgan taksichilarning mashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi


Bekobod tumanidagi Zafar shaharchasidan yo‘nalishlarga qatnayotgan 15 ta avtomobil haydovchilari o‘zboshimchalik bilan narx belgilaganliklari uchun ularning avtomashinalari jarima maydonchasiga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Transport boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘nalishsiz taksi egalari karantin davrida narxlarni birmuncha oshirib yuborganligi sabab Toshkent viloyati hokimligiga murojaat yo‘llangan.

Toshkent viloyati Transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu masalani hal etish uchun viloyat Transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan qayd etilgan hududda ikki kun davomida reyd tadbirlari tashkil etilgan. Natijada bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Xususan, Bekobod tumanidagi Zafar shaharchasi hududidan yo‘nalishlarga qatnayotgan 4 ta Nexia, 4 ta Matiz, 4 ta Spark hamda 3 ta Damas rusumli avtomobil haydovchilari o‘zboshimchalik bilan sun’iy ravishda narx belgilaganliklari uchun ularning avtomashinalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Shuningdek, Dalvarzin bo‘limiga qatnovchi 5 ta Damas rusumli avtomobil harakatiga ham chek qo‘yilgan.

“Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘tkazilayotgan reydlar davomida taksi haydovchilariga pandemiya davrida aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarga chek qo‘yish, vaziyatni to‘g‘ri tahlil qilib ish yuritish masalalarida boshqarma xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilyapti”, – deyiladi boshqarma xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют