» » Navoiy shahrida 12-avgustdan buyum bozorlari ochiladi

Navoiy shahrida 12-avgustdan buyum bozorlari ochiladi


2020-yilning 12-avgustdan Navoiy shahridagi buyum bozorlari va ular atrofidagi yirik savdo nuqtalari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.

Hokimlik xabariga ko‘ra, Navoiy shahar hokimi M.Bozorov tegishli mas’ullar hamda shahar ishchi guruhi a’zolari hamkorligida Navoiy shahridagi buyum bozorlari va yirik savdo nuqtalarida bo‘lib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgan.

“Jarayonda tadbirkorlarning Navoiy shahar hokimiga qilgan murojaatlari inobatga olinib, ishchi guruh a’zolarining ijobiy xulosasiga ko‘ra buyum bozorlar va savdo nuqtalari faoliyatiga ruxsat berildi.

Mazkur savdo nuqtalari faoliyatini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Xususan, xarid jarayonida fuqarolar o‘rtasida oraliq masofaga jiddiy e’tibor qaratish, karantin talablariga asosan fuqarolarni bozor hududiga kirishini tashkil etish masalalariga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish lozimligi uqtirildi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Navoiy shahri hududida karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Shaharda karantin talablari asosida dehqon bozorlari hamda qurilish mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Darxon” bozori faoliyatini boshlagan.

Avval Namangan viloyatida tuman hokimliklari huzuridagi karantin cheklovlarini yumshatish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berish bo‘yicha tuzilgan maxsus ishchi guruhlar xulosasi asosida barcha turdagi ixtisoslashtirilgan bozorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29—30-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya qarori bilan viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda joylashgan buyum bozorlarining faoliyat yuritishiga ikki kunga ruxsat berilgandi. Keyinchalik 3-avgustdan Farg‘ona viloyatida buyum bozorlari, xususiy bog‘chalar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar o‘z faoliyatini boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют