» » “Sevilya” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Vulverhempton”ni mag‘lub etib Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi

“Sevilya” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Vulverhempton”ni mag‘lub etib Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining chorak finalidan o‘rin olgan 11-avgust kungi ikki o‘yin yakunlandi.

“Shaxtyor” jamoasi “Bazel” bilan bahs yuritdi. Ukrainaliklar uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Junior Morayesning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 22-daqiqada Tayson “konchilar”ning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 75-daqiqada Alan Patrik hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida jamoalar o‘zaro yana bittadan gol almashdi. “Shaxtyor” yarim finalda “Inter” bilan o‘ynaydi.

Parallel kechgan bahsda “Vulverhempton” va “Sevilya” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv teng kurashlar bilan boshlandi. Birinchi bo‘lim debyutida “bo‘rilar” oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Raul Ximenes penaltini golga aylantira olmadi.

Uchrashuv yakuniga yetay deb qolganda ispanlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 88-daqiqada Lukas Okampos qanotdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted”ning yarim finaldagi raqibi “Sevilya” bo‘ladi.

Yevropa Ligasi

Chorak final bahslari

11-avgust, seshanba

Gollar: 1:0 – 2 Morayes, 2:0 – 22 Tayson, 3:0 – 75, penalti Alan Patrik, 4:0 – 88 Dodo, 4:1 – 90+2 van Volfsvinkel.

“Shaxtyor”: Pyatov, Bondar, Krivsov, Matviyenko, Dodo, Alan Patrik (Kovalenko, 78), Tayson (Tete, 86), Markos Antonio (Maykon, 85), Stepanenko, Marlos (Solomon, 72), Morayes (Fernando Pedro, 85).

“Bazel”: Nikolich, Petretta, Vidmer, van der Verff (Ramires, 73), Alderete, Fray, Kampo, Jaka (Marshan, 60), Shtoker (van Volfsvinkel, 73), Pululu, Artur (Ademi, 73).

Ogohlantirishlar: Fray (26), Alan Patrik (52), Artur (64), Bondar (87).

Gol: 0:1 – 88 Okampos.

“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Ruben Vinagre, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu (Netu, 71), Saiss, Ruben Nevesh, Dendonker, Traore (Diogu Jota, 79), Ximenes.

“Sevilya”: Bunu, Navas, Regilon, Kunde, Diyego Karlos, Jordan (Vaskes, 85), Banega, Suso (Munir, 89), Fernando, Okampos, an-Nesiri (de Yong, 85).

Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (11), Saiss (49), Ruben Nevesh (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют