» » Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiya qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda

Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi sanksiya qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda


Yevropa Ittifoqi Belarusda bo‘lib o‘tgan saylovni na erkin, na adolatli deb hisoblaydi va politsiya zo‘ravonligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Jozep Borrelning bayonotida ma’lum qilingan, deb yozmoqda “TASS”.

Mazkur bayonot Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta mamlakati tashqi ishlar vazirlari bilan kelishilgan holda e’lon qilingan.

“Belarusdagi saylov na erkin, na adolatli bo‘ldi. Rasmiylar noteng va qabul qilib bo‘lmaydigan zo‘ravonlikka qo‘l urdi. Biz bu vaziyat bo‘yicha Belarus hukumatining harakatlarini o‘rganamiz va Belarus bilan munosabatlarini chuqur qayta baholab chiqamiz. Bu o‘z ichiga zo‘ravonlik va saylov natijalarini soxtalashtirish uchun mas’ul bo‘lganlarga qarshi manzilli choralarni o‘z ichiga olishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti saylovi kampaniyasi davomida amaldagi prezidentga raqobatchi bo‘lgan nomzodlarga turli tazyiqlar va ta’qiblar uyushtirildi. Mamlakatda Aleksandr Lukashenkoning raqiblarini qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Belarusda 9-avgust, yakshanba kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi.

Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.

Keyinroq Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.

Svetlana Tixanovskayaning shtabi 10-avgust kuni kechasi u Belarus Markaziy saylov komissiyasiga borganidan so‘ng yo‘qolib qolganini bildirgan. Kechga yaqin Tixanovskaya aloqaga chiqqan, biroq qayerda ekanligini oshkor etmagan. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi Svetlana Tixanovskayaga uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganini ma’lum qilgan.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Shuningdek, 11-avgust kuni Tixanovskayaning videomurojaati e’lon qilingan. Unda Tixanovskaya o‘zining ketishi “og‘ir qaror” bo‘lganini ma’lum qilgan. “Men duch kelgan bunday tanlovda qolishni Xudo ko‘rsatmasin”, — degan Tixanovskaya.

Keyinroq Belarus hukumati tarafdori bo‘lgan Telegram kanal Tixanovskayaning boshqa bir videomurojaatini e’lon qildi. Nomzod mazkur murojaatda kameraga qaramasdan, varaqdan o‘z tarafdorlariga qaratilgan va namoyishlarni to‘xtatish haqidagi chaqiruvni o‘qib bergan.

Litva hukumati Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют