» » Hech qayerga shoshilmayotgan bo‘lsangiz ham tonggi soat 5:00 da uyg‘onishning 5 ta foydasi

Hech qayerga shoshilmayotgan bo‘lsangiz ham tonggi soat 5:00 da uyg‘onishning 5 ta foydasi


Inson ma’lum vaqt davomida biror ishni takrorlayversa, keyinchalik u odatga aylanadi. Uyqudan erta uyg‘onish ham xuddi shunday. Soat 5:00 da uyg‘onish, garchi boshqa yumushlar bo‘lmasa ham insonni o‘z ustida ishlashiga yordam beradi.

Ish, xobbi va sport bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt

Muntazam ravishda erta uyg‘onishning eng foydali jihati shuki, kun davomida 10-15 soat qo‘shimcha vaqt bo‘ladi. Bu, albatta, insonning o‘ziga sarflanadi. Toza havoda sayr, badiiy kitob mutolaasi, chet tilini o‘rganish yoki boshqa biror sevimli mashg‘ulotga vaqt topiladi.

Barvaqt uyg‘onish sog‘lik uchun foydali

Tong sahardan uyg‘onish uyqu, miya faoliyati va organizm salomatligi uchun juda muhim. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yarim tunning 90 daqiqa avvali tanani qayta tiklash uchun eng samarali vaqt hisoblanadi. Quyosh chiqishi va botishi paytida miyada biologik jarayon yuz berayotgan bo‘ladi. Shu sababli ham tong otayotgan paytda uyg‘onish eng yaxshi usul. Bu paytda tananing ham uyg‘onishi qiyin kechmaydi.

Vaqtni sukunatda o‘tkazish imkoniyati

Tonggi 5:00 da ish kuni boshlanmagan, shahar hali uyg‘onmagan bo‘ladi. Bu paytdagi osudalikdan jimgina bahra olish zarur. Ayniqsa, meditatsiya qilish uchun ajoyib vaqt. Diqqatni jamlash, tanani tinglash mumkin. Ertalabki mashqlar stress darajasini kamaytirishga va kuni bilan charchoqni oldini olishga yordam beradi.

Mashqlardan kuch olish

Iroda – kutilmagan muammolarga dosh bera olishning ko‘rsatkichidir. Inson qanchalar jismonan tetik va chiniqqan bo‘lsa, ichki dunyosining kuchi ham shunchalar ortib boraveradi. Erta uyg‘onish esa ana shu bosqichga ko‘tarilishning yana bir usuli. Bu orqali odam o‘zini o‘zi boshqarishni boshlaydi.

O‘ziga bo‘lgan ishonch

Tongda uyg‘onish va kunni samarali ishlar boshlash – bu insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradigan kichik g‘alaba. Yangi maqsadlarga erishishda inson o‘zi bilan faxrlanish huquqlariga ega. Buning yordamida kayfiyat yaxshilanadi, kun davomida tetiklik  va quvvat manbayi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, hayot sifatini oshiruvchi sog‘lom odat yuzaga keladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют