» » Fotojamlanma: Britni Spirsning italyancha uslubdagi hashamatli villasi

Fotojamlanma: Britni Spirsning italyancha uslubdagi hashamatli villasi


Britni Spirs italyancha uslubdagi villasini 6,8 million dollarga qayta sotuvga qo‘ydi, deb yozadi Glamour jurnali.

Qo‘shiqchining uyi Beverli-Xillzda, begona ko‘zlardan yiroq bo‘lgan xususiy hududda joylashgan. Uyda oltita yotoqxona, oltita hammom, qo‘shimcha vanna, uy kinoteatri va alohida xona mavjud.

Villa maqtagulik – ichki interyeri tuslanuvchi kremdan qilingan, baland shiftlar, marmar pardozli va ajabtovur buyurtma mebellarga ega. Hovlida dengiz suvi bilan to‘lgan hovuz, xushmanzara bog‘, shuningdek, jakuzi, mehmonlar uchun uy va dam olish maskani mavjud.

Ma’lum bo‘lishicha, Britni 2007-yilda raqqos Kevin Federlayn bilan ajralgandan keyin bu uyda yashagan. Villani dastlab 2018-yilda 9 million dollarga sotuvga qo‘ygan, ammo xaridor topilmagan, shuning uchun qo‘shiqchi narxni pasaytirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют